Poytaxtdagi "Qorasuv-6" dahasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

"Avayxon" mahallasidagi tadbir "O‘z bolangni o‘zing asra" shiori ostida o‘tkazildi
Sputnik

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumani "Qorasuv 6" dahasida O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Avayxon" mahallasida o‘tkazilgan tadbir "O‘z bolangni o‘zing asra" shiori ostida o‘tkazilib, mahalla bolalari orasida vatanparvarlik ruhini kamol toptirish va ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasiga bag‘ishlandi.

Poytaxtdagi "Qorasuv-6" dahasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

Tadbir davomida 275-maktab o‘quvchilarining sport chiqishlari, shaxmat-shashka musobaqalari, asfaltga rasm chizish konkursi, "Milliy gvardiya" harbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, Taekvondo jamoasining chiqishi namoyish qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, M.Ulug‘bek tumani 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi, Ichki ishlar Akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.