TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga 20 million $ sarmoya kiritdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali, biznesmen haqida suratga olingan hujjatli filmda.
“Bu yil “Paxtakor” jamoasi hammani xursand qilmoqda. Alisher Burhonovich tufayli hamma narsa o‘zgardi: menejment, murabbiylar va falsafa”, - deb hikoya qiladi jamoaning bosh murabbiyi Shota Arveladze.
Undan tashqari yaqin yillar ichida poytaxtdagi stadionning maydoni zamonaviylashtiriladi. Yangi loyihaning qiymati 100 million dollarga baholanmoqda.
“Men o‘zbekligimdan mag‘rurlanaman. Bu yer mening ona yerim va unga qanday yordamim kerak bo‘lsa, men bu ishni istalgan daqiqada amalga oshirishim mumkin”, - dedi Alisher Usmonov teledastur davomida.
SSSR sport ustasi Birodar Abduraimov aytishiga qaraganda, Alisher Burxonovichning o‘zi sportchi bo‘lgan, shuning uchun ham u “Paxtakor” jamoasiga yordam bermoqda va uning o‘zi ham ushbu jamoani juda yaxshi ko‘radi.