Toshkent zooparkiga silovsin va mangustlar olib kelindi

Toshkent zooparkiga novosiborskdan silovsin va mangustlar olib kelindi.
Sputnik

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Toshkent zooparkida bundan silovsin va mangustlar ham yashaydi, deb xabar qilmoqda zoopark ma’muriyati.

“Bir necha kun oldin Novosibirsk zooparkidan silovsin, mangust va surikatlar olib kelindi. Silovsinlar hali yangi joyga o‘rganmagani tufayli, ular tashqariga kam chiqishmoqda. Lekin surikatlar juda faol. Ulardan biri hatto “qo‘lga o‘rgatilgandek”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari Toshkent zooparkida yana ikkita ola-bula mangust va bo‘yinbog‘li pekari nomli hayvonlar paydo bo‘lgan.