Qobulda prezident saroyiga raketa zarbasi berildi

Raketalar prezident saroyi va hukumat binolari hamda ko‘plab mamlakatlar elchixonalari joylashgan kvartalni nishonga olgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Bugun Afg‘oniston poytaxtida, prezident Ashraf G‘ani Qurbon hayt munosabati bilan nutq so‘zlayotgan vaqtda, prezident saroyiga raketa zarbasi berildi, deb xabar qilmoqda Tolo news telekanali.  

Raketa zarbasi mahalliy vaqt bilan soat 9:00da amalga oshirilgan. Raketalar prezident saroyi va hukumat binolari hamda ko‘plab mamlakatlar elchixonalari joylashgan kvartalni nishonga olgan.    

Qurbonlar va jabrlangan soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Raketa zarbasi kim tomonidan berilgani ham xabar qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon bayramidan bir necha ken oldin Afg‘oniston hukumati bir tomonlama tartibda toliblarga uch oylik tinchlik e’lon qilgan edi.