Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston medallari soni 6 taga yetdi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari hozircha 6ta medalga sazovor bo‘lishdi: 1ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Bugun Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yana ikkita medalni qo‘lga kiritishdi, deb yozmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Ayollar orasida 67 kg vazn toifasida qizlar o‘rtasida musobaqada ishtirok etgan Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar yetib borib, final yo‘llanmasi uchun koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va 4:14 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medali bilan kifoyalandi.

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston medallari soni 6 taga yetdi

Erkaklar o‘rtasida 58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov yarim finalda eronlik Ashur Zoda Farzonni ham mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Niyoz finalda janubiy koreyalik raqibiga Kim Te Hunga mag‘lub bo‘lib kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Bundan oldin o‘zbekistonlik sportchilar erkin kurash bo‘yicha 3ta medalni qo‘lga kiritishgan edi: Bekzod Abdurahmonov (74 kg) oltin medal, Magomed Ibragimov (97 kg) va Sirojiddin Hasanov (65 kg) bronza medallar.

Jamoaga yana bir medalni “Ushu” sport turining Taulu yo‘nalishida ishtirok etayotgan Darya Latisheva olib keldi. U 12 nafar sportchi ichida ikkinchi natijani qayd etib,   kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston medallari soni 6 taga yetdi

Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari soni 6taga yetdi. 1ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza. Medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoalar reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rindan joy olgan.