“O‘zbekiston” mehmonxonasi xususiylashtiriladi

“O‘zbekiston” mehmonxonasi nizom kapitalidagi davlat ulushi savdo chiqariladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. “O‘zbekiston” mehmonxonasidagi davlat ulushi savdoga chiqariladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan.

"Otel O’zbekiston" MChJning nizom kapitalida 80,13%ni tashkil qiladigan davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi hozircha e’lon qilinmagan", - deyilgan xabarda.

Mehmonxonaning yangi mulkdorlari uni yangilash va kerak bo‘lsa to‘liq qayta ta’mirlash majburiyatini bo‘ynlariga olishlari kerak bo‘ladi. Mehmonxonaning to‘liq qiymati uch yil ichida davlatga to‘lanishi kerak.

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974-yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur hiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan.