O‘zbekiston darvozaboni ajoyib gol urdi

O‘zbekiston yoshlar futbol jamoasining darvozaboni Koreyaga ajoyib gol urdi.
Sputnik

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining darvozaboni Jasurbek Umrzoqofv Osiyo chempionatida to‘pni shunchalik kuchli va aniq tepdiki, u to‘g‘ri raqib darvozasiga borib tushdi.

Ushbu gol bilan O‘zbekiston va Koreya yoshlar terma jamoali o‘yinida  hisob ochildi. O‘yin davomida O‘zbekistonlik futbolchilar yana 3ta, koreyalik futbolchilar esa bitta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Yakuniy hisob 4:1.

O‘zbekiston jamoasi darvozaboni urgan ajoyib golni videolavhamizda tomosha qiling.