O‘zbekiston Xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva vafot etdi

O‘zbekiston o‘zining yana bir ijodkoridan ayrildi. El ardog‘idagi shoira Halima Xudoyberdiyeva 71 yoshida olamdan o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston Xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Halima Xudoyberdiyeva 71 yoshda edi. Shoira turli yillarda O‘zbekistondagi tahririyatlarda yuqori lavozimlarda ishlagan.

Uzoq yillar davomida el nazaridan chetda qoldirilgan Xudoyberdiyeva, 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan to‘liq reabilitatsiya qilingan va 2018-yilda shoira "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shoira oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirishmoqda.