O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon darosida ikkita GES quradi

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon darosi hamda Saroz ko‘lida bir nechta jiddiy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TAShKENT, 17 avg – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Tojikiston hududida ikkita GES qurilishida ishtirok etadi, deb ma’lum qildi jurnalistlarga Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 

“Biz bugun, birgalikda, Tojikiston hududida, Zarafshon darosi bo‘yida umumiy quvvati 320 MVt bo‘lgan ikkita GES qurishga tayyormiz. Gidroelektrostansiya qurilishi  - bu juda jiddiy masala. Biz birinchi uchrashuvdayoq buni muhokama qilganmiz. Bugun esa, keling, istaklarimizni aniqlashtiraylik dedik. Emomali Sharifovich xalqaro standartlardan o‘tgan tayyor loyihalar borligini ta’kidladi, o‘ylaymanki, ushbu loyiha bizning hududiy hamkorligimizda o‘ta jiddiy masala bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston prezidenti OAV vakillari oldida qilgan bayonoti davomida.

Mirziyoyevning ta’kidiga ko‘ra, vaqtlar o‘tadi va bu loyiha, albatta o‘zining katta samarasini beradi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Sarez ko‘lining chuchuk suvidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari o‘rganilayotgani haqida ham aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, chuchuk suv zahirasi 17 milliard kubometr bo‘lgan Saroz ko‘lining suvini butun Markaziy Osiyo uchun ishlatish masalasi muhokama qilingani haqida gapirdi.

“Men oldin ham ko‘p marta aytganman, xususan, BMT minbaridan turib bayonot qilganman, hozir ham ta’kidlab o‘tmoqchiman – biz hech qachon o‘z qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaganmiz va qoldirmaymiz”, - dedi Tojikiston yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin OAVlarda Tojikiston Saroz ko‘lining ichimlik suvini Xitoy kompaniyasiga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassislar ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligini aytishgan edi.