TOShKENT, 16 avg – Sputnik. “Uzbektelekom” AJ va Qirg‘izistonning “ElKat” MJCh tarmoqlari orasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali o‘tgan aloqa tarmog‘i ulandi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“Telekommunikatsion ulanma 2018-yilning 16-avgustidan boshlab tijorat foydalanuviga topshirildi”, - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi chegaralararo ulanma Internet tarmog‘iga chiqish uchun muqobil yo‘nalish ochadi. Yangi aloqa yo‘nalishi Qirg‘iziston hududi orqali o‘tgan bo‘lib, u “O‘zbektelekom” AJ imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, yangi ulanma “O‘zbektelekom”ga Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishida qo‘shimcha tranzit aloqa kanallarini ochadi.