Qo‘rqinchli va g‘aroyib dengiz mavjudotlari - Bunaqasini tushingizda ham ko‘rmagansiz!

Sputnik

Romanning Fedorsovning instagramida bugungi kunga 3000 dan ortiq turli dengiz mavjudotlarining suratlari jamlangan. Roman har bir surat ko‘ngildagilek chiqishi uchun 20-50 marta qayta-qayta suratga olar ekan.

Undan tashqari baliqchi yigit o‘z fotosuratlarini rus va ingliz tillarida qiziqarli izohlar bilan chop etadi. Baliqchi kemada internet tezligi juda sust bo‘lgani uchun har bir suratni instagramga yuklash uchun 5-10 daqiqa vaqt ketar ekan.

Internetda mashhur bo‘lishiga qaramasdan Roman asosiy daromadini baliqchilikdan oladi. U gazeta va jurnallarga bir necha bor o‘z fotosuratlarini sotishga muvaffaq bo‘lgan xolos.   

1 / 11
Qora malakost, 500-1500 metr chuqurlikda, mutlaq qorong‘ulikda yashaydigan baliq
2 / 11
Skat nomli baliq
3 / 11
Sakkizoyoq
4 / 11
Psolus phantapus nomli dengiz mavjudoti. Sharq mamlakatlari uni ham ovqatga ishlatadi.
5 / 11
Yana bir sakkizoyoq
6 / 11
Ushbu mavjudotni Roman 8-mart sovg‘asi - guldasta deb atagan.
7 / 11
Oddiy dengiz tipratikani
8 / 11
Dengiz yulduzi
9 / 11
Tishi devorga o‘xshash baliq
10 / 11
Baliq
11 / 11
Kimgadir bu baliq chiroyli ko‘rinadi, kimgadir - xunuk. Lekin men uchun barcha baliqlar - juda chiroyli!