Rossiya FVV delegatsiyasi O‘zbekistonda mehmon bo‘lmoqda

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining delegatsiyasi 14 - 17-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligining "Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha butun Rossiya tadqiqot instituti" federal budjet tashkilotining delegatsiyasi 14-avgust kuni O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.  

"Tashrif davomida mehmonlar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, va Respublika sog‘liqni saqlash vazirliklarining navbatchi dispetcherlik xizmatlari bilan tanishib, ular bilan tajriba almashishadi", - deyilgan xabarda.

Ushbu tashrif O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Jahon bankining "O‘zbekistondagi ofatlarni oldini olish" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Rossiya delagatsiyasi O‘zbekistonda 17-avgustga qadar bo‘ladi.