Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Bir necha daqiqda oldin Mirzo Ulug‘bek tumanida TTZ yaqinida mudhish YTH sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Bir necha daqiqda oldin Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida, TTZ yaqinida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hududida  kulrang va qora rangli Lasetti avtomobillari to‘qnashgan. Kuchli zarbadan kulrang Lasettining yon tomoni ichkariga chuqur kirib ketgan.

Feysbukda “VT” guruhida qoldirilgan izohlarga ko‘ra, ushbu YTH TTZga yaqin joyda sodir bo‘lgan, haydovchilardan biri qizil chiroqqa to‘xtamasdan katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Voqea guvohlariga ko‘ra – YTHda qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi