Kaspiyda hech qachon xorijiy harbiy bazalar joylashtirilmaydi

Kaspiybo‘yi mamlakatlari sammitida imzonalanadigan hujjatga ko‘ra, kelajakda Kaspiy dengizi havzasida xorijiy mamlakatlar harbiy bazalarini joylashtirish ta’qiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tayotgan Kaspiybo‘yi mamlakatlari sammitida, ushbu dengiz hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni ta’qiqlash haqidagi konvensiya imzolanishi kutilmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

“Kaspiyda har qanday harbiy bazalar qurish, xorijiy mamlakatlar harbiy kemalarini joylashtirish – ta’qiqlanadi. Ushbu haqida muhim hujjat qabul qilindi”, - dedi Eron rahbari Ruxani Kaspiybo‘yi mamlakatlari sammitida.  

Biroz oldin Qozog‘iston TIVi rahbari Kayrat Abdraxmanov ham xuddi shunday mazmunli bayonot bilan chiqqan edi.

O‘zbekistonga O‘rta yer dengiziga chiqish nima uchun muhim - Nadein-Rayevskiy

O‘z navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Kaspiybo‘yi mamlakatlari uchrashuvini “o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqea” deb atadi.

“20 yildan ortiq vaqt davomida tayyorlangan ushbu hujjat Kaspiy dengizining qonuniy maqomini hamda undan birgalikda foydalanishda ushbu besh mamlakatning huquq va majburiyatlarini aniq belgilaydi”, - dedi Putin.     

Kaspiy konvensiyasi – Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron tomonidan, o‘zaro konsensus asosida tayyorlangan, asosiy xalqaro huquqiy hujjatdir.  Unga ko‘ra Kaspiy dengizining ustining asosiy qismi umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘ladi. Dengiz tubi va resurslarini esa - besh mamlakat o‘zaro bo‘lib olishadi.