OITSga qarshi kurashish markaziga yangi direktor tayinlandi

Qahramon Yuldashev Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yuldashev respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori lavozimida ish boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

OITS - zamon vabosi

Unga OIV infeksiyasini erta aniqlash, uni profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, diagnostika va davolash standartlarini qayta ko‘rib, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ushbu kasallikka qarshi samarali kurashish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish singari vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, u, mutaxassislar malakasini oshirish, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya yo‘nalishlarida ilmiy ishlarni rivojlantirish, aholi o‘rtasida ushbu kasallikka qarshi samarali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, jahonning nufuzli xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi qator ustuvor masalalarga ham mas’ul etib belgilandi.

Qahramon Yuldashev Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.