Instagram foydalanuvchilari Utkinga o‘zbekona sovg‘ani kim bergani haqida bosh qotirishmoqda

Jahon chempionati o‘yini vaqtida rossiyalik sharhlovchi o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterda haqorat qilganidan so‘ng juda ko‘pchilikning noroziligiga uchragandi.
Sputnik

TOShKENT , 11 avg - Sputnik. Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin Instagram sahifasida o‘zbekona suvenir ushlab tushgan suratini joyladi. Surat ostiga esa O‘zbekiston haqida o‘ylashini yozdi.

Foydalanuvchilar uni kim sovg‘a qilganini taxmin qilishmoqda. Ular buni Ravshan Ermatov sovg‘a qilgan degan taxminni bildirishmoqda. Yana kimdir Utkinga jahon chempionati vaqtida u bilan sodir bo‘lgan noxush voqeani eslatmoqda. Yana kimdir esa uni O‘zbekistonga mehmonga taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati o‘yini vaqtida rossiyalik sharhlovchi o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterda haqorat qilganidan so‘ng juda ko‘pchilikning noroziligiga uchragandi. Shundan so‘ng u bu ishi barchadan kechirim so‘ragandi.

Keyinroq esa Utkin Ravshan Ermatov unga sovg‘a berib yuborganini yozgandi.