TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Internet tarmoqlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning reveranslari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu safar Mey Birinchi jahon urushi vaqtida Amyen ostidagi jangda qozonilgan g‘alabaning 100-yilligi tantanasida shahzoda Uilyamni antiqa tarzda qarshi olgani uchun kulgiga olindi.
Twitter foydalanuvchisi Mutaz Elnour Hukumat rahbarining akrobatik xususiyatlariga tan bergan holda, o‘zining 41 yoshida bu kabi mashqlarga yuragi dov bermagan bo‘lishini ta’kidlagan.
I'm Alright Jack — It's Every Man For Himself nikli foydalanuvchi esa, tez orada Tereza Mey qirol oilasi vakillari oldida ta’zim bajo keltirib, ularga sajda qilishga o‘tishini taxmin qilgan.
Aksariyat foydalanuvchilarning izohlariga ko‘ra, Tereza Mey shahzoda Uilyamni uchratganida, bosh vazirning umurtqasi o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lib qolishi holati kuzatilar ekan.