Qiziqchi Halimaxon ham “Kiki” raqsini o‘ynadi

San’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan "Kiki challenge" fleshmob raqsini ijro etgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Qiziqchi va aktrisa Halima Ibragimova harakatlanayotgan avtomobil oldida raqs tushgani aks ettirilgan videorolikni o‘zining Instagram sahifasida joylashtirildi.

Xavfli fleshmob: Yulduz Usmonovaga chora ko‘riladimi

Videorolikda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan "Kiki challenge" raqsini ijro etgan.

Bundan avval internetda Yulduz Usmonovaning raqsi muxlislarni hayratga solgandi.

Usmonova unga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javob berdi.

“Hayotdan mamnun bo‘linglar. Bunchalik agresiv, negativ bo‘lish kerak emas. Opamni achig‘i keladi deb ovora bo‘lib o‘ylamanglar. Men hammalarini baribir yaxshi ko‘raman. Sizlar uchun “Kiki”ni o‘ynab yuraveramiz. Bilgan bo‘lsalaringiz, o‘rik oldida ham o‘yinga tushganmiz, shunda ham kayfiyatimiz yaxshi edi. O‘sha "Kiki"ni o‘ynagan kunimiz ham, to‘ylarni chiroyli o‘tkazib, zo‘r bo‘lgani uchun kayfiyat yaxshi edi. Bundan keyin ham kayfiyatimizni Olloh yaxshi qilsin. Sizlar uchun o‘yinga tushib yuraylik”, - deydi Yulduz Usmonova videorolikda.

Shundan so‘ng, Usmonova AQSh safaridan qaytib, o‘zbekistonlik reper Shahriyor bilan “In my feelings” qo‘shig‘ini kuyladi.