Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi

Axmedxadjayev shu yilning fevralida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Azim Axmedxadjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlatimiz rahbari farmoni bilan ushbu blokni Azim Axmedxadjayev boshqaradi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Axmedxadjayev shu yilning fevralida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.