O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari bo‘lajak uchrashuvlar borasida fikr almashishdi

Turkiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi viloyatlarda yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdog‘an o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent hokimi Turkiya kanaliga intervyu berdi

Ikki davlat rahbarlari joriy yilning birinchi yarim yilligida o‘zaro tovar almashish hajmi o‘ttiz foizdan ko‘proqqa oshganligini qayd etishdi.

Turkiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi viloyatlarda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish, energetika, transport-kommunikatsiya, logistika va turizm infrastrukturalari, shaharsozlik, bank-moliya sohasi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Biznes va madaniy-gumanitar almashuvlar sohasida izchil muloqotlar rivojlanmoqda. Muloqot so‘ngida davlatlar rahbarlari yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini muhokama qilishdi.