MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston fuqaroligini oldi

Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC) aralash janglar bo‘yicha chempionatda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi turnirlarda ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. MMA jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston pasportini oldi. 

“Butun 26-yil davomida shu kunning kelishiga shubha qilmagandim, hech qachon o‘z ajdodlarimni unutmaganman va o‘zbek zamini o‘g‘loni ekanligimni bilardim, bugun esa buni tasdiqlovchi hujjatni oldim. O‘z yurtimning to‘la huquqli fuqarosi sifatida uning sha’nini jahon arenalarida himoya qilishga va har bir davlat o‘zbek sportchilarining kuchini bilishi uchun bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va’da beraman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, mening orzuim bugun ushaldi”, - deb yozdi Murodov Instagram sahifasida.

U shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik bildirdi.

Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC) aralash janglar bo‘yicha chempionatda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi turnirlarda ishtirok etadi.

Avvalroq shosse velosporti bo‘yicha Olimpiada sovrindori, rossiyalik Olga Zabelinskaya  O‘zbekiston fuqaroligini olgandi.