Xitoy birinchi gipertovushli uchish qurilmasini sinovdan o‘tkazdi

Bu qurilma yuqori tezligi tufayli istalgan raketaga qarshi mudofaa tizimini chetlab o‘tishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Xitoyda "Sinkun-2" (Yulduzli osmon) gipertovushli uchish qurilmasini muvafaqqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy aerokosmik aerodinamika akademiyasiga asoslangan holda xabar qildi.

Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi - video

Sinov Xitoyning shimoliy-g‘arbidagi poligonlardan birida juma kuni o‘tkazildi. Uchar qurilma havoda 10 daqiqa bo‘ldi. Shu vaqtda u 30 kilometrli balandlikda bir nechta mashqlarni bajarib, belgilangan joyda qo‘ndi.

Xabarga asosan, akademiyada ushbu qurilma ustida uch yilda tadqiqot olib borilgan.

Global Times nashri yozishicha, ushbu qurilma yadroviy raketalarni yetkazishi hamda yuqori tezligi tufayli istalgan raketaga qarshi mudofaa tizimini chetlab o‘tishi mumkin.