Inkassator avtomobili haydovchisiga 2,5 yil qamoq jazosi berildi

Avtobus bilan to‘qnashgan inkassator avtomobili haydovchisi qamaldi, Respublika Inkassatsiya xizmati esa – 320 mln so‘m moddiy zarar puli to‘laydi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Inkassator avtomobili haydovchisi Ravshan Rasulovga 2,5 yil qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning fevral oyida Osiyo va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida 72-sonli yo‘nalishli avtobus va to‘qnashuvi sodir bo‘lgan edi. Rasulov boqaruvidagi  “Kamaz” rusumli inkassator avtomobili, YPX kuzatuvi ostida Osiyo ko‘chasidan harakatlayotgan vaqtida, chorrahada qizil chiroq yonadi. Chorrahada xavfsizlikni ta’minlash maqsadida YPX avtomobillari chorrahada to‘xtaydi. Inkassator haydovchisi esa, xavfsizlikka amin bo‘lmasdan turib, harakatlanishda davom etadi va avtobusga borib uriladi.

Inkassator avtomobili avtobus bilan to‘qnashdi

YTH oqibatida avtobus haydovchisi joyida vafot etadi, 8 nafar yo‘lovchi turli darajad jarohatlanadi.

Sud-tergov jarayonida, ekspert inkassator haydovchisi YHQning 6 bo‘limining 25 punktini buzganlikda aybdor deb topishdi. Ekspertla fikriga ko‘ra, avtobus haydovchisida YTHning oldini olish imkoni bo‘lmagan, vaholanki inkassator haydovchisida ushbu imkoniyat mavjud bo‘lgan.

Shuningdek, Ravshan Rasulov ushbu qoidabuzarlikni xizmat vazifasini o‘tash vaqti amalga oshirganligi tufayli, uning ish beruvchisi – Respublika inkassatorlik xizmatidan jabrlangan tomonlar foydasiga 320 mln so‘m moddiy va ma’naviy zarar undiriladi.