Oliy o‘quv yurtlarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi

Vazirlik oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi.

Shuningdek, vazirlik oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

O‘zbekistonda ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.