Uychi tumanida rahbarlar “to‘rtligi” ishdan olindi

Tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshlig‘i egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan
Sputnik

TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Namangan viloyati Uychi tumanida 4 ta sektor rahbarlari – tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshlig‘i egallab turgan vazifalaridan ozod etildi.

Bu haqda Uychi tumani hokimligidagi manbasiga tayanib “Namnews.uz” axborot-tahliliy portali xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “to‘rtlik” rahbarlari g‘o‘za parvarishida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mavsum davomida xotirjamlikka berilib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda to‘g‘ri tashkil etmaganligi, o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.