Gazprombank O‘zbekistonda bog‘chalar qurilishiga mablag‘ ajratadi

Iyulda O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 40ta yangi bog‘cha qurilishi xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Gazprombank O‘zbekistonda bog‘chalar qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda bankning birinchi vitse-prezidenti Aleksey Chichkanov "Kommersant" gazetasiga intervyusida aytdi.

Chichkanov Rossiyada bog‘chalar davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida qurilganini qayd etdi.

Iyulda O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 40ta yangi bog‘cha qurilishi xabar qilingandi.

Eng ko‘p - har birida oltitadan bog‘cha Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘istonda quriladi.