O‘zbekistonda Jizzax-Mirzacho‘l yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi ochildi

Poyezd viloyatning Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini o‘zaro bog‘laydi.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi Jizzax–Mirzacho‘l–Jizzax yo‘nalishida shaharlararo poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Masofaning umumiy uzunligi 80 kilometrdan iborat bo‘lib, poyezd Jizzax vokzali va Irjar stansiyasi oralig‘ida harakatlanadi. Harakat vaqti 2 soatu 10 daqiqani tashkil etadi.

Poyezd viloyatning Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini o‘zaro bog‘laydi.

Zamonaviy transport bir vaqtning o‘zida 200 nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Chipta narxi 3,5 ming so‘m.