“O‘zbekiston havo yo‘llari”ga qarashli samolyotda qo‘nish jarayonida nosozlik yuzaga keldi

Boeing 767 samolyoti tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast etdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bugun, 2-avgust kuni tonggi soat 05:10 da Istambul-Toshkent muntazam qatnovi bo‘yicha uchib kelayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo‘nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast etdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.

“Qo‘nish shtat rejimida amalga oshirildi. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Milliy aviakompaniya yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzur so‘raydi”, - deyilgan xabarda.