Shavkat Mirziyoyev Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazadi

O‘zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini, shuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. 2018-yil 4-avgust kuni Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi IT, tibbiyot va turizm loyihalarni muhokama qilishdi

Hindiston delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan shuningdek Hindiston TIV rahbarining O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlari va muzokaralari ham o‘rin olgan bo‘lib, mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini, shuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.