TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Markaziy Afrika Respublikasida rossiyalik jurnalistlarning o‘ldirilishi holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar qildi Rossiya Tergov Qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
Kecha kechki payt Rossiya TIV 30-iyul kuni MARda yonida faqat jurnalistlik hujjati bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Hujjatlar Kirill Radchenko, Aleksandr Rastorguyev va Orxana Djemal nomlariga berilgan bo‘lgan. Ayni vaqtda, muassasa xaariga ko‘ra, ularning jasadlari Bangi respublikasi poytaxtiga olib kelingan.
Xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti Human Rights Watch (HRW) uch jurnalist o‘limi bilan bog‘liq hodisani zudlik bilan o‘rganish uchun MAR hukumatini Rossiya elchixonasi va BMT missiyasi bilan hamkorlikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bu haqda agentlikka HRW Afrika bo‘yisa katta tadqiqotchisi Lyuis Madj ma’lum qilgan.
"MARda o‘lim bilan yakunlanuvchi banditizm holatlari keng tarqalgan bir vaqtda, ushbu holat g‘alati, nega deganda hodisa qurollangan guruhlar faolligi sust bo‘lgan xavfsiz hududda yuz bergan. Biz ko‘pincha shu yo‘ldan xavfsizlik choralarini kuchaytirmagan holda harakatlanamiz... MAR hukumati zudlik bilan ushbu mudhish ishni sodir etganlarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilishi uchun Rossiya elchixonasi va BMT missiyasi bilan hamkorlik qilishi lozim", - deb aytgan Madj.
Rossiya Fanlar Akademiyasi tropik Afrika mamlakatlarini o‘rganish markazi yetakchi ilmiy xodimi RSMD eksperti Vasiliy Filippovga ko‘ra, rossiyalik jurnalistlarning MARda o‘ldirilishi talonchilik maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ayrim OAVlar xabar berishicha, jurnalistlarning yonida qimmatbaho texnika vositalari bo‘lgan.