Toshkentda avval yopib qo‘yilgan ko‘cha mashinalar harakati uchun ochildi

Ushbu yo‘lda avtomobillar harakatini tiklash ishlari 31-iyul kuni boshlangan.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkent shahrida avval berkitilgan Fidokor ko‘chasining Oybek ko‘chasiga chiqish qismi transport vositalari harakati uchun ochildi.

“Hurmatli hamshaharlar! Bir necha muddat transport vositalari harakati uchun yopiq bo‘lgan Fidokor ko‘chasining Oybek ko‘chasiga chiqish qismida endi yana avtomobillar harakatlanishi mumkin”, - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ta’kidlanishicha, kecha, 31-iyul kuni mazkur to‘siqni olib tashlash va ushbu yo‘lda avtomobillar harakatini tiklash ishlari boshlangan.