Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga rahbar tayinlandi

A.Xursanov bunga qadar “O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Abdullo Xalmurodovich Xursanov “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

A.Xursanov bunga qadar “O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, “O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” AJ boshqaruvining raisi – bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida Toxirjon Tursunboyevich Azamatov tayinlandi.

T.Azamatov shu kunga qadar “O‘zbekiston mettalurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.