Meksikada yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Mexikoga yo‘l olgan Embraer 190 samolyoti Durango shahrining aerportida halokatga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Aeromexico aviakompaniyaga qarashli Embraer 190 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Mexikoga yo‘l olgan Embraer 190  samolyoti Durango shahrining aerportida halokatga uchradi. Bo‘ron va kuchli shamol oqibatida samolyot ko‘tarilishi qiyinlashadi. Samolyot ekipaji samolyotni to‘xtatishga harakat qilishadi, shu vaqtda samolyot o‘chish-qo‘nish polosadan tashqariga chiqib ketadi.

Samolyotda 103 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Halokat oqibatida 18 nafar yo‘lovchi jarohatlandi.

Meksika aloqa va transport vaziri Xerardo Ruis Esparsa ma’lumotlariga ko‘ra, 98 nafar yo‘lovchi Durango gospitalida qolmoqda.  

Yo‘lovchilardan hech kim halok bo‘lmadi. Samolyotda yuzaga kelgan yong‘inga qaramasdan ko‘pchilik yo‘lovchilar mustaqil ravishda samolyotdan chiqib ketadilar.

Ushbu samolyot 10-yil davomida eksluatatsiya qilingan.