TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 30-iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi X.S. Dang‘ara tumanida yashovchi qaynotasining uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, u shuningdek, ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynotasi hamda qaynonasini ham pichoqlagan.
Natijada X.S.ning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan.
Qaynota va qaynonasi kasalxonaga yotqizilgan. X.S qo‘lga olingan.