O‘zbekistonga Falastin tashqi ishlar vaziri keladi

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston – Falastin muzokaralarini o‘tkazish o‘rin olgan
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. 2018-yilning 1-avgust kuni Toshkent shahriga Falastin tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad al-Malikiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston – Falastin muzokaralarini o‘tkazish o‘rin olgan”, - deyiladi xabarda.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.