O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda

“Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovi Rossiyaning Kolsovo yaqinidagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti poligoni bazasida o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. 2018-yil 29-iyul kuni “Xalqaro armiya o‘yinlari - 2018” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasining 1 bosqichidan keyin o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi bo‘lib ketishmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Og‘ir tanklar  balet raqsini ijro etdi

Razvedkachilar “Mi-8” vertolotidan parashut yordamida desant bo‘lib tushishi hamda belgilangan yig‘ilish punktiga chiqish amaliyotini bajarishlari lozim. Shundan so‘ng ishtirokchilar yashirib qo‘yilgan yukni topishlari, maxfiy ma’lumotni shtabga yuborishlari va 15 kilometr masofani bosib o‘tishlari, shuningdek, birgalikda tuzoq tashkillashtirishlari kerak.

Qo‘shin radvekachilari, shuningdek, haydovchi-mexaniklar tayyorgarligi va otish mashqlarini  bajarib, “Razvedkachi yo‘lagi” kabi to‘siqlarni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Razvedka guruhlari “dushman” bilan to‘qnashish ehtimoli mavjud sharoitda azimutlar (yoki topografik xarita) bo‘yicha harakatlangan va barcha nazorat nuqtalarini butun tarkibda o‘tgan holda 10-15 km.ga marsh-brosokni uyushtirgan.

O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda

Razvedka guruhi mutaxassisi kichik serjant Sardor Mamarasulov tomonidan “Safdoshlarining kayfiyati jangovar, guruh O‘zbekiston hududida munosib tayyorgarlikdan o‘tdi, musobaqada o‘tgan yilgi ishtirokining tajribasidan kelib chiqqan holda bu yil ham yuqori natijalarni ko‘rsatish niyatida ekani” ta’kidlandi.

O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda

Har bir razvedka jamoasi jamoa rahbari va sardori, 10 kishidan iborat razvedkachilar guruhi, 2 ta zahira ishtirokchi, 2 ta murabbiy, ta’minot guruhidan 3 kishi va texnik ta’minot guruhidan 3 kishidan tashkil topgan.

Xalqaro musobaqaning “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovi Rossiyaning Kolsovo yaqinidagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti poligoni bazasida o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning eng sara qo‘shin razvedkachilari o‘zaro kuch sinashmoqda. Filippin va Hindiston vakillari bu tanlovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.