Sobiq MXX tergov boshqarmasi boshlig‘i qidiruvga berildi

O.Busiginga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, u qidiruvga berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Sobiq MXX (DXX) tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Oleg Busiginga nisbatan qidiruv e’lon qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Inoyatov ishdan chetlashtirilgan yig‘ilishda nimalar haqida gapirilgan edi?

Busiginga nisbatan 2018-yilning 6-iyun kuni Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, 2008-yilda Oleg Busigin “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.