Moskvada o‘zbekistonliklar va qirg‘izistonliklar mushtlashdi - bir kishi halok bo‘ldi

Hodisa Nekrasovka tumanidagi Vertoletchiklar ko‘chasida joylashgan uy qarshisida yuz bergan
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Moskvadagi qurilish obyektlarining birida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari mushtlashuvi yuz berdi, qirg‘izistonlik fuqaro halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston elchixonasi matbuot-xizmati.

Erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan. Rossiya Tergov Qo‘mitasi Kuzminka tumanlararo bo‘linmasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda, mushtlashuvda ishtirok etganlarning barchasi qo‘lga olingan va tergov qilinmoqda.

Internetda mehnat muhojirlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari 10 kishini, qirg‘izistonliklar 4 kishini tashkil etadi.

Hodisa Nekrasovka tumanidagi Vertoletchiklar ko‘chasida 1-uy qarshisida yuz bergan.

Xabarda aytilishicha ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mushtlashuv ishtirokchilari tergov natijalariga ko‘ra protsessual qaror chiqarilishi aytilmoqda.

Halok bo‘lgan qirg‘izistonlik jasadi 31-iyul kuni vatanga yuboriladi.