"Islom davlati" o‘ziga qasamod qilgan tojikistonlik terrorchilar videosini tarqatdi

"ID" terrorchilik uyushmasi sal oldin Tojikistonning Xatlon viloyatida halok bo‘lgan to‘rt nafar turist o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘ziga qasamod qilgan besh nafar tojikistonlik videosini ommaga e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

IShID Tojikistonda turistlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yigitlar - Xatlon viloyati Dang‘ara tumanidagi trassada chet elliklarga hujum uyushtirganlardir. Hodisa oqibatida to‘rt nafar turist - AQSh, Niderland va shveysariya fuqarolari halok bo‘lgan va yana uch chet ellik fuqarolar jarohatlangan edi.

Ilgariroq "ID" ro‘y bergan hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi, deyiladi SITE Intelligence Group saytida joylangan xabarda.

Hodisa 29-iyul kuni ro‘y bergan. Noma’lum shaxslar turistlar ustiga avtomobilda bostirib borgan va so‘ngra jarbdiydalarga pichoq bilan hamla uyushtirgan.

Ushbu jinoyatga aloqador uch shaxs dushanba kuni qurollangan hujum uyushtirmoqchi bo‘layotgan vaqtda yo‘q qilingan. Jinoyatchilarning qolganlari qo‘lga olingan.

Tojikiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ishga Islom uyg‘onish partiyasi a’zosi buyrug‘ini bajargan Xusayn Abdusamadov boshchiligidagi guruh aralashgan bo‘lishi mumkin.