Qirg‘izistonda o‘tovlarda kinoteatrlar tashkil qilinadi

Kino ko‘rish uchun kirish bepul bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Issiq-Ko‘l viloyatining Qirchin dalasida ilk marotaba "Mongu" kinoforumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston nashri tadbir direksiyasi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Ta’kidlanishicha, filmlar namoyishi III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir o‘tkaziladigan joyda kinoyurtalar va proyektorlar o‘rnatiladi, keng daladagi sahna esa katta ekran bo‘lib xizmat qiladi.

Forum dasturiga ko‘ra xalqaro va milliy kinematorgrafiya mutaxassislari tomonidan seminarlar va master-klasslar o‘tkaziladi.

Kino ko‘rish uchun o‘tovlarga kirish erkin bo‘lishi belgilangan. O‘tov kinoteatri 3-sentabr kuni ochilib, 6-kuni yopiladi.