Navoiylik ayol erini bolta bilan chopib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Eri bilan mudom janjallashib kelgan ayol yarim kechasi yotoqxonaga bolta bilan kirib, erkakning bosh, bo‘yin va ko‘krak qafasi sohalariga urgan
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Navoiylik ayol erini bolta bilan chopib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. 28-iyul kuni yarim kechasi turmush o‘rtog‘i uxlab yotgan vaqtida yotoqxonaga bolta bilan kirib, erkakning bosh, bo‘yin va ko‘krak qafasi sohalariga urgan.

Chirchiqlik "padarkush" janjal vaqtida otasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Bu vaqtda xonadan o‘g‘lining baqirgan ovozi kelayotganini eshitgan ota hodisa ustiga kirib kelgan.

Qaynotasini ko‘rgan kelin voqea joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng, ayol qilgan qilmishi uchun javobgarlikdan qo‘rqib, shu mahallada yashovchi opasining qo‘shnisinikida og‘ilxonada o‘zini osib o‘ldirgan.

Jabrdiyda erkakn olgan og‘ir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.