Tojikiston aviakompaniyasi Buxoroga birinchi parvozini amalga oshirdi

Somon Air "Dushanbe – Buxoro – Dushanbe" yo‘nalishida birinchi parvozini amalga oshirdi. Kelajakda Samarqandga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Tojikiston milliy aviakompaniyasi tarixda birinchi bor Buxoroga parvoz qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

“Parvoz 28-iyul kuni Boeing samolyotida amalga oshirildi. Parvoz davomiyligi 45 daqiqa, narxi 72 dollarni tashkil qildi”, - deyilgan xabarda.  

Bu Tojikiston aviakompaniyasining Buxoroga amalga oshirilgan tarixda birinchi parvozi bo‘ldi. Biroz oldin kompaniya Samarqand yo‘nalishida ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1992-yildan so‘zng O‘zbekiston va Tojikiston orasida barcha parvozlar bekor qilingan edi. 25-yillik tanaffusdan so‘ng 2018-yilning 11-apreldan boshlab Toshkent va Dushanbe orasida doimiy aviaqatnov qayta tiklandi.