Chust pichoqlarining siri nimada ?

Chustlik yettinchi avlod pichoqchi usta Rahimjon Ubaydullayev o‘z kasbining tarixi va sir-asrorlari haqida hikoya qilib berdi.
Sputnik

O‘zbek pichoqlari orasida Chust pichoqlari kabi mashhuri bo‘lmasa kerak. Chustlik pichoqchi ustalar sulolasining yettinchi avlodi Ubaydullayev Raximjon o‘z kasbining tarixi va pichoq yasashning sirlarini Sputnik muxbiriga hikoya qilib berdi.

Usta aytishiga qaraganda Namanganning Bibi ona nomli joyda eramizdan avvalgi sakkizinchi asrdan boshlab pichoqlar yasalgan. 15-asrga qadar Chust pichoq yasashga ixtisoslashgan yagona joy bo‘lgan. Shu sababdan Chust pichoqlari nomi butun dunyoga mashhur bo‘lgan. 

Bugungi kunda usta Raximjon nafqat o‘z o‘g‘il va nabiralariga, balkim 35 nafar kollej o‘quvchilariga ham pichoqchilikni o‘rgatayotgani va kelajakda ushbu hunarining sirlari yosh avlod qo‘liga o‘tishiga katta umid bildirdi.

Chust pichoqlarining tarixi va bugungi kundagi rivojlanishi bilan videolavhamizda batafsil tanishing.