Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasi bitiruvchilariga diplomlarni topshirdi

Qurolli Kuchlar akademiyasining 45 nafar bitiruvchisidan 12 nafari qizil diplomga ega bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. 28-iyul kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining ikki yillik Qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilarining tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.

Tantanada, mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bitiruvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasi bitiruvchilariga diplomlarni topshirdi

Ta’kidlash joizki, Qurolli Kuchlar akademiyasining 45 nafar bitiruvchisidan 12 nafari qizil diplomga ega bo‘ldi.

Mudofaa vaziri bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonlari tantanali topshirdi va tabrik so‘zini aytdi.

“Mamlakatimiz va butun mintaqa xavfsizligiga tahdidlar saqlanib turgan hozirgi sharoitda biz Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada mustahkamlash borasida boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz kerak. Buning uchun sizlardan yangi imkoniyat va manbalarni izlab topish va ularni amaliyotga tatbiq etish talab etiladi”, - dedi Abdusalom Azizov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi respublikadagi yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, oliy qo‘mondonlik tarkibidagi ofitserlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qurolli kuchlar akademiyasi 1995-yilda tashkil etilgan. 2017-yilda oldingi Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining shonli an’analarini saqlagan holda, yangilangan. 

Abdusalom Azizov Qurolli Kuchlar akademiyasi bitiruvchilariga diplomlarni topshirdi