O‘zbekistonda GM Uzbekistan mashinalari narxi oshadi

Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshadi. Bu haqda "Xalq so‘zi Online" "O‘zavtosanoat"dagi manbasiga asoslanib xabar qildi.

Qayd qilinishicha, yangi narxlar kelgusi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.

"Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi o‘zgarish 10-12 foizni tashkil qilishi kutilmoqda", deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.