Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, u va viloyat hokimligining bir necha mansabdorlari hibsga olingani bildirilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. 26-iyul kuni Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda "Daryo" o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.

Mazkur xabar chop etilgan ayni paytda viloyat hokimligi rasmiy saytining "hokimlik rahbariyati" bo‘limida mazkur lavozim vakant ekanligi ko‘rsatilgan.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, u va viloyat hokimligining bir necha mansabdorlari hibsga olingani bildirilgandi.

Turobjon Jo‘rayev o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.