TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 25-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida haydovchining o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytishicha, shu tumanda yashagan B.D. "KamAZ" rusumli yuk mashinasini "Chimon" MFYda joylashgan archazor tog‘dan pastga haydab tushayotganida boshqaruvni uddalay olmay, soyga tushib ketdi.
Hodisa oqibatida avtomobilning kabina qismida yong‘in kelib chiqdi. B.D. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi.