Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini tark etdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligini vaqtincha boshqarish vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimovga yuklatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Shoakram Isroilov O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligini tark etdi. Bu haqda NUZ.UZ xabar berdi.

Isroilov ushbu lavozimda atigi yarim yil ishladi. Fevral oyida vazir etib tayinlangunga qadar u O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori lavozimida ishlagan.

Hozirda vazirlikni vaqtincha boshqarish vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimovga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan mart oyida tashkil etilgandi.