Jizzaxda xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi

Jizzax viloyati sarmoyadorlarni jalb qilish uchun investitsion forum o‘tkazishini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Davlat Investitsiyalar qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati hokimiyati, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yilning 29-30 avgust kunlari kuni Jizzax xalqaro investitsion forumini o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda tadbir tashkilotchilari.

Investitsion forum ilk bor “Jizzax” erkin iqtisody zonasi hududida bo‘lib o‘tadi. Ikki kunlik forum doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

· Biznes forum

· Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi

· V2V ko‘rinishidagi kooperatsion birja

· Viloyat sanoat korxonalariga ekskursiya

· Viloyat rahbariyati tomonidan rasmiy qabul va konsert dasturi

· Jizzax viloyatining turistik salohiyati bilan tanishish

“Ushbu forumni o‘tkazishdan maqsad – xalqaro ishbilarmonlik doiralari vakillarini Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan tanishtirish, tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish”, - deyilgan xabarda.

Jizzax investitsion forumiga O‘zbekistonning taaluqli vazirlik va muassasalari vakillari, xorijiy sarmoyadorlar, diplomatik korpus vakillari, xalqaro moliya tashkilotlar vakillari, xorijiy va mahalliy OAVlar vakillari taklif qilingan.

Forum tadbirlari bepul, lekin ishtirokchilar o‘zlari uchun mehmonxona va ovqatlanish harajatlarini qoplashi kerak bo‘ladi. Forumda ishtirok etish uchun quyidagi manzilda ro‘yxatdan o‘tish kerak. http://bit.do/escdq