Toshkent markazidagi tunnel ostiga radar o‘rnatildi

“Abdulla Qodiriy” ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichlarining kirish va chiqish qismlariga radar o‘rnatildi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida yana 4 ta radar ishga tushirildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" nashri.

Xabarda aytilishicha, avtomobillar tezligini qayd qilish qurilmasi "Abdulla Qodiriy" ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichlarining kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan.

Shaharda radarlarni ko‘paytirishdan maqsad yo‘l transporti hodisalarini kamaytirish hamda haydovchilarni tartibga chaqirishdir. Ko‘pincha haydovchilar tunnelda belgilangan tezlikdan yuqori ko‘rsatkichda harakatlanadilar. Bu ularning hayoti uchun xavfli hisoblanadi.